Aleksis Sanches nihoyat xursand bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
Italiyada A Seriyaning yigirma oltinchi tur o'yinida "Inter" safarda "Lechche"ni mag'lub etdi (4:0). Chililik hujumchi Aleksis Sanches esa butun o'yinni maydonda o'tkazdi. O'yindan so'ng, u to'liq o'yin o'tkazganidan juda xursand ekanligini aytdi:
"Nihoyat butun o'yinni maydonda o'tkazganimdan xursandman. Birgalikda "Inter", — deb yozdi Sanches ijtimoiy tarmoqlarda.
Italiya chempionatining navbatdagi turida “Inter” “Atalanta”ga qarshi bahs olib boradi. Simone Indzagi shogirdlari Italiya A seriyasi turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. "Neradzurrilar" oxirgi marta uch yil avval — 2021 yilda chempion bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!