Solanke London klubi transfer maqsadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Bornmut" hujumchisi Dominik Solanke yozgi transfer oynasida klubini almashtirishi mumkin. The Daily Telegraph xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi "Vest Xem"ning maqsadlari ro'yxatida birinchi o'rinda turadi. "Bolg'achilar" mavsum oralig'ida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
2023/2024 yilgi mavsumda Dominik Solanke 28 ta o'yin o'tkazdi. Ularda hujumchi 16 ta gol va sheriklariga 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali mutaxassislari Solankeni 25 million evroga baholamoqda.
Dominik Solanke "Chelsi" tarbiyalanuvchisi. Bu futbolchi Angliyada "Liverpul"da ham o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!