"Chelsi" skautlari Kunde va Osimxenni kuzatishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Chorshanba oqshomida “Napoli” va “Barselona” o'rtasida Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tdi. Jamoalar g'olibni aniqlay olishmadi – o'yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Goal portali xabariga ko'ra, Neapoldagi o'yinni "Chelsi" skautlari kuzatgan. Ular ikki futbolchi – “Barselona” himoyachisi Jyul Kunde va “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenga e'tibor qaratishdi.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" 2022 yilning yozida Kunde uchun faol kurash olib bordi, ammo frantsiyalik futbolchi oxir-oqibat "Barselona"ga o'tishga qaror qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!