Toni Kroos Germaniya terma jamoasiga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos terma jamoadagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. Jurnalist Kristian Falk bergan ma'lumotlarga ko'ra, nemis futbolchisi shu yilning iyun oyida boshlanadigan o'z uyida bo'lib o'tadigan Evropa chempionatida ishtirok etish uchun Germaniya terma jamoasiga qaytadi.
Kroosning o'zi Instagram'da qarorini rasman e'lon qildi. Eslatib o'tamiz, Toni 2021 yil yozida Evropa chempionati yakunida Germaniya terma jamoasini tark etgandi. Biroq, bu yil Kroos hech qachon yutmagan sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Kroos avvalroq 2014 yili Braziliyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida Germaniya bilan jahon chempioni bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!