Kroos Germaniya terma jamoasiga qaytish sababini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos terma jamoaga qaytishini rasman e'lon qildi. Yarim himoyachi shu yozda bo'lib o'tadigan Evropa chempionatida ishtirok etishi kutilmoqda.
“Mart oyida Germaniya terma jamoasida yana o'ynayman. Nega? Chunki buni mendan bosh murabbiy talab qildi. Men bunga tayyorman va ishonchim komilki, Evroda biz hozirda ko'pchilik tasavvur qilganidan ham ko'proq narsaga erisha olamiz”, — deb yozdi Kroos ijtimoiy tarmoqlarda.
Kroos joriy Ispaniya chempionatida bitta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi. Toni 2021 yildan beri terma jamoada o'ynamaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!