Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jamoa bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda "qizil furiya" o'z saytida rasman e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, de la Fuente 2022 yilda Luis Enrike jamoa bosh murabbiyligidan ketganidan keyin Ispaniya terma jamoasini qabul qilib olgan edi. Ishlagan davr mobaynida Luis jamoani kelasi yozda Germaniyada bo'lib o'tadigan Evropa chempionati guruh bosqichiga olib chiqishga muvaffaq bo'ldi.
Bungacha de la Fuente Ispaniya yoshlar terma jamoasini boshqargan. O'smirlar bilan ishlashdagi xizmatlari tufayli murabbiy asosiy jamoani boshqarish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!