"Atletiko" "Krasnodar" iqtidoriga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
“Krasnodar” yarim himoyachisi Eduard Spertsyan faoliyatini Madridning “Atletiko” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Enrike Saturo xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ispan klubi skautlari 23 yoshli futbolchining “Krasnodar” yig'inidagi o'rtoqlik uchrashuvlaridagi o'yinini kuzatishgan. Transfer keyingi yozda amalga oshishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Spertsyan “Krasnodar” safida 21 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Armaniston terma jamoasi futbolchisini 18 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!