Gyundogan: "Bavariya"da bunday qiyinchiliklar borligi ajablanarli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
"Barselona" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Bavariya"ning joriy mavsumdagi muammolari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Gyundogan Tomas Tuxel boshchiligidagi “Bavariya”ning muvaffaqiyatsizliklari uni hayratga solayotganini tan oldi.
"Bavariya"ning bunday qiyinchiliklarga duch kelgani ajablanarli. Tomas Tuxel Evropaning eng yaxshi murabbiylaridan biri. “Borussiya”da u bilan ishlash tajribamdan kelib chiqib, u haqida faqat yaxshi narsalarni aytishim mumkin. U ajoyib taktik va juda halol, ochiq inson", - deya Gyundoganning so'zlarini keltiradi DPA.
Germaniya chempionatining 22-turidan keyin “Bavariya” 50 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!