“Inter” himoyachisi: "Bu – men klubda o'ynagan vaqtimdagi eng kuchli "Inter"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
Milanning “Inter” klubi markaziy himoyachisi Stefan de Vrey jamoasining saviyasini yuqori baholadi.
"Neradzurrilar" A Seriyaning 24-turi doirasida o'z maydonida "Salernitana"ni (4:0) mag'lub etib, "Yuventus" bilan ochkolari sonini 10taga etkazdi.
"Menimcha, bu men klubda o'ynagan vaqtimdagi eng kuchli "Inter". Bu ko'p yillik hamkorlik samarasidir.
Biz uzoq vaqtdan beri birga o'ynadik, butun jamoa o'sib bormoqda, endi esa foydani ko'ryapmiz. Bu jamoaning bir qismi bo'lishdan mamnunman", – dedi himoyachi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!