"Chelsi" 17 yoshli senegallik futbolchini transfer qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"Daru Salam" klubining senegallik yarim himoyachisi Pape Daouda Diong "Chelsi"ga o'tmoqda.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 17 yoshli futbolchi allaqachon jamoa bilan Kobxemda mashg'ulot o'tkazmoqda. Senegal U-17 yarim himoyachisi dekabr oyida klubga qo'shilgan edi. Yaqin orada uning "Strasburg"ga potentsial ijara bo'yicha qaror qabul qilinadi.
Diong 2023 yilgi jahon chempionatida Senegal yoshlar terma jamoasi safida ikki marta maydonga tushgan. Afrika terma jamoasi 1/8 finalga chiqdi va unda Frantsiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida (0:0, penaltilar - 3:5) imkoniyatni boy berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!