Teo: "Leau aql bovar qilmas iste'dodga ega"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Italiya chempionatining yigirma to'rtinchi tur uchrashuvida “Milan” “Napoli”ni mag'lub etdi va zerikarli o'yindagi yagona gol Teo Ernandes tomonidan kiritildi.
Frantsuz futbolchisi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va uni jazoladi, o'yindan so'ng u ajoyib pas uchun Leauga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
"Rafaning o'zi gol ura olmagani achinarli. Unga gol kerak.. Lekin u aql bovar qilmas iste'dodga ega.
Agar gol urmasa, golli uzatma bera oladi. Odamlar uning mashg'ulotlarda qilayotgan barcha ishlarini ko'rmaydilar. Afsus”, - deya Ernandesning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!