Morata jarohati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Alvaro Morata muxlislarini xushxabar bilan xursand qildi. Yakshanba kuni La Liga doirasida "Sevilya"ga qarshi o'yinda olgan tizzasidan jarohati jiddiy emas.
“Xudoga shukur, tizzamdagi jarohat jiddiy emas. Chiroyli xabarlar uchun katta rahmat. Bundan tashqari, nafrat xabarlarini yuborgan odamlarda ham baxtli bo'lish va mehnat qilish istagi paydo bo'lishiga umid qilaman. Tez orada yana yaxshi formaga qaytaman", dedi Morata o'z bayonotida.
“Atletiko” safarda “Sevilya”ga minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Madrid klubi ayni damda La Liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!