Benzema "Navbahor"ga qarshi ilk o'yinda maydonga tushmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Karim Benzema Namangandagi uchrashuvni o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
"Al-Ittihod" bosh murabbiyi Marselo Galyardo klubning qishki yig'inida to'liq ishtirok etmagan Benzemani "Navbahor"ga qarshi OChL nimchorak finalining dastlabki uchrashuviga olib kelmasligi aytilmoqda. Futbolchining holati bo'yicha yakuniy qaror bugungi mashg'ulotdan keyin qabul qilinadi.
Shuningdek, legionerlar Luis Felipe va Jota ham jiddaliklarga ushbu uchrashuvda yordam bera olishmaydi. Shu sababdan, "Navbahor"ga qarshi o'yinda, katta ehtmol bilan, quyidagi 5 ta legionerni maydonda ko'rishimiz mumkin.
- Abderrazak Hamdalla
- Romarino
- N’Golo Kante
- Fabino
- Ahmad Hegazi
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!