Milyan Shkrbich — OKMK futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
OKMK mavsum oldidan navbatdagi transferini e'lon qiladi.
Serbiyalik hujumchi – Milyan Shkrbich endi olmaliqliklar sharafini himoya qiladi. Klub va hujumchi o'rtasida mavsum oxirigacha kelishuv imzolandi.
Milyan Shkrbich 1995 yilning 18 sentyabr sanasida Serbiyaning Srvenka shahrda tavallud topgan. U faoliyati mobaynida "Srvenka", "OFK Belgrad", "Krshko" (Sloveniya), "Giresunspor" (Turkiya), "Zrinski Mostar" (Bosniya va Gertsegovina) va "Radnichki Nish" klublari sharafini himoya qilgan.
28 yoshli futbolchi faoliyati mobaynida umumiy hisobda 130ta uchrashuvda maydonga tushib, 42ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!