Maguayr: "U o'yinga katta ta'sir o'tkazdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
Angliyada Premer-liganing yigirma to'rtinchi tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda, "Aston Villa" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda mag'lub bo'ldi.
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr o'yin natijasi haqida fikr bildirdi va jamoadoshi Skott Maktomineyni maqtadi. Aynan u Erik ten Xag jamoasiga g'alaba keltirdi:
"Maktominey hujumni ajoyib yakunlovchi futbolchi. U shuningdek, ko'p qirrali va turli pozitsiyalarda o'ynay oladi.
U bu o'yinga katta ta'sir o'tkazdi va umid qilamanki, buni kelajakda ham davom ettiradi", - deya Maguayrning so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!