"Barselona" Kloppni taklif qilmoqchimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Barselona"ning sport direktori Deku klub "Liverpul"ning amaldagi ustozi Yurgen Kloppni jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilmoqchimi, degan savolga javob berdi.
"U murabbiylikdan bir muddat tanaffus qilmoqchi ekanligini aytdi. Hech kim "Barselona"ni rad etmaydi? Hozir klubda jiddiy moliyaviy muammolar bor. Ayni damda boshqa millioner klublar kabi ko'p mablag' sarflashning iloji yo'q va bu har qanday murabbiyni demotivatsiya qiladi", - deydi Deku.
Klopp avvalroq mavsum oxirida ingliz klubini tark etishini ma'lum qilgandi. O'z navbatida kataloniyaliklarni boshqarayotgan Xavi ham jamoada qolmaslikka qaror qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!