O'zbekistonlik Bogdan Guskov UFC’dagi ikkinchi jangida AQSh vakilini nokautga uchratdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Las-Vegasda UFC Vegas 86 musobaqasi bo'lib o'tdi. Turnir doirasida o'zbekistonlik Bogdan Guskov ham o'z jangini o'tkazdi.
Guskov prelim kardda AQSh vakili Zak Paugaga qarshi jang qildi. Bogdan birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi.
O'zbekistonlik sportchi UFC’dagi ikkinchi jangini o'tkazdi. Guskov promoushendagi debyutini shveytsariyalik Volkan O'zdemirga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!