«Inter» ishonchli tarzda odimlashda davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Inter" ketma-ket 7 ta g'alabaga erishdi.
Simone Indzagi shogirdlari A seriyaning 24-turida “Roma”ni mehmonda (4:2) mag'lub etishdi.
Milanliklar 6 yanvardan beri chempionat va Italiya Superkubogi doirasidagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonishdi.
"Neradzurrilar" chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasini ham 17 o'yinga etkazishga muvaffaq bo'lishdi. Bu sentyabr oyining oxirida boshlangan.
“Inter” 23 turdan keyin 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinda 53 ochko bilan "Yuventus" bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!