Arteta: "Jorjino masalasini klub rahbariyati hal qiladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Jorjino bilan shartnoma uzaytirilishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Jorjinoning o'yinidan juda mamnunman. Hozircha shuni aytishim mumkin. Biroq shartnomani uzaytirish kabi masalalarni Edu boshchiligidagi jamoa rahbariyati hal qilishi kerak. Jorjino har qanday o'yinning borishiga, hatto eng muhimiga ham ta'sir o'tkazishning muhim qobiliyatiga ega", - dedi Arteta.
Jorjino o'tgan yilning yanvar oyidan beri "Arsenal"da o'ynamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi "kanonirlar" safida barcha turnirlarda 20 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!