Emeri: "MYu"ga qarshi bahs - qarshi o'yin olti ochkolik o'yin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri APL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi.
"Ten Xag bu o'yin finalga o'xshaydi, dedimi? Asosiy maqsadimiz APLdagi barqarorlik. Biz doimo muvaffaqiyatga erishishga intilamiz. Albatta, har bir o'yin o'zgacha. Yakshanba kungi o'yin juda muhim. "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin olti ochkolik o'yin", - dedi Emeri matbuot anjumanida.
Hozirda "Aston Villa" APL turnir jadvalida 4-o'rinda (46 ochko), "Manchester Yunayted" esa oltinchi o'rinda (38 ochko). "Aston Villa" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!