Anchelotti «Jirona» bilan o'yin oldidan kadrlar muammosi haqida to'xtaldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Jirona"ga qarshi La Liga o'yini arafasida jamoadagi kadrlar holati haqida gapirdi.
Italiyalik mutaxassisning fikricha, hujumchi Vinisius Junior maydonga tushishga tayyor. Xabaringiz bor, shu hafta matbuotda Vinisius sport zalida mashg'ulot o'tkazayotgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
"Vinisius o'ynashga tayyor", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
“Nacho? U seshanba kuni Chempionlar ligasi o'yiniga qaytadi. Ryudiger? U bugun yaxshi mashq qildi va o'zini yaxshi his qildi. Ertaga uning ahvoliga baho beramiz va bir qarorga kelamiz”, - dedi “Real” bosh murabbiyi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!