"Barselona" katta maosh oladigan etakchilaridan qutulmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
"Barselona" yozda o'zining muhim futbolchilari bilan xayrlashishi mumkin.
Kataloniya klubi hali ham jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va buning mumkin bo'lgan echimlaridan biri bir qator yuqori maosh oluvchi futbolchilarni sotishdir. Onze xabariga ko'ra, yozda "Barselona" Frenki de Yong, Robert Levandovski, Ilkay Gyundogan va Mark-Andre ter Shtegen bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Ilgari barcha to'rt nafar futbolchini daxlsiz deb hisoblanardi.
Transfermarkt portali ekspertlari De Yongning narxini 80 million evro, Levandovskini 20 million, Gyundoganni 18 million, Ter Shtegenni 35 million deb baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!