Yozda yana bir jahon chempionati o'tkazilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
G'arb matbuotida yangi futbol loyihasi muhokama qilinmoqda - bu yil yozda faxriylar - bugungi kunda 35 yoshdan oshgan futbolchilar uchun mini-jahon chempionati o'tkazilishi.
Daily Mail ingliz nashrining aniqlik kiritishicha, ushbu turnirda sakkiz mamlakat – Angliya, Argentina, Frantsiya, Braziliya, Germaniya, Italiya, Ispaniya va Urugvay faxriylaridan iborat jamoalar ishtirok etishi mumkin.
Ya'ni, katta jahon chempionatida g'olib chiqqan mamlakatlardan. Braziliyalik Kaka, Kafu va Ronaldino kabi o'tmish yulduzlari, shuningdek, frantsiyalik himoyachi Marsel Desayi turnirni o'tkazish va unda ishtirok etish istagini bildirishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!