Mbappening "Barsa"ga kelishi jamoani kuchsizlantirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105
"Barselona" sport direktori Deku "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening transferi haqidagi savolga javob berdi.
Kataloniya klubi Frantsiya terma jamoasi yulduziga da'vogar hisoblanmaydi, chunki uning bunday qimmat futbolchini qo'lga kiritish uchun moliyaviy imkoniyati yo'q.
Shunga qaramay, Dekudan "Barselona"dagi 25 yoshli hujumchi haqida so'rashdi.
"Menimcha, Mbappe uchun Ronald Arauxo yoki Frenki de Yongni sotish xato bo'ladi. Bu bizning jamoamizni kuchsizlantiradi, xolos”, dedi portugaliyalik funktsioner.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!