«Kayserispor» prezidenti: Otabek Shukurov bilan kelishuvga erishdik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Turkiyaning boshqa jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi.
27 yoshli futbolchi «Kayserispor» klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda klub prezidenti Ali Chamli ma'lumot berdi.
"Biz "Frozinone" klubi hujumchisi Mehdi Burabiya, TsSKA Sofiya forvardi Dukens Nazon va "Fotih Karagumruk" yarim himoyachisi Otabek Shukurov bilan kelishuvga erishdik", — dedi Chamli.
«Kayserispor» klubi Turkiya chempionatining joriy mavsumida 24 o'yindan keyin 29 ochko bilan 13-pog'onani egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!