Og'ir atletika. Rigina Adashbaeva ham terma jamoamiz hisobiga uchta medal keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Og'ir atletika bo'yicha Toshkentda o'tayotgan Osiyo chempionatining bugungi kuni O'zbekiston terma jamoasi uchun sermahsul o'tdi.
Biroz avval yakunlangan ayollar o'rtasidagi -81 kg vazn toifasidagi bahslarda hamyurtimiz Rigina Adashboeva 3 ta kumush medalni naqd qildi.
Atletimiz dast ko'tarishda 107 kg, siltab ko'tarishda 136 kg va ikki kurash natijasiga ko'ra 243 kg toshni o'ziga bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, bugungi bahslardan so'ng jamoamiz hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronzaga etdi.
Dast ko'tarish:
1. Kim Su Xeon (Janubiy Koreya) - 110 kg
2. Rigina Adashboeva (O'zbekiston)- 107 kg
3. Anamjan Rustamova - 105 kg
Siltab ko'tarish:
1. Kim Su Xeon (Janubiy Koreya) - 144 kg
2. Rigina Adashboeva (O'zbekiston)- 136 kg
3. Kim I Seul (Janubiy Koreya) - 133 kg
Ikkikurash natijasi:
1. Kim Suheon (Janubiy Koreya) - 254 kg
2. Rigina Adashboeva (O'zbekiston)- 243 kg
3. Kim I Seul (Janubiy Koreya) - 238 kg