Meddison: «Bellingem 30 yoshli futbolchilardek mentalitetga ega»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Jud Bellingemning Angliya terma jamoasidagi sherigi Jeyms Meddison yosh inglizning mentaliteti uning yoshi bilan bir xil emasligini aytdi.
“Jud? Ajoyib yigit, men uni yaxshi ko'raman. Yosh bo'lishiga qaramay u bilan yaxshi munosabatdamiz. U shunchaki 30 yoshli erkakka xos mentalitetga ega va u futbolga juda berilib ketgan!”, - deya Meddisonning so'zlarini keltiradi Goal.
Bellingem endigina 20 yoshda, lekin u allaqachon "Real Madrid"ning eng sermahsul futbolchilaridan biri. Joriy mavsumda Jud "Qirollik klubi" uchun 18 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!