"Jirona" bosh murabbiyi Michel diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Shanba kuni Ispaniya chempionatida ayni damda turnir jadvalida birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallab turgan "Real Madrid" va "Jirona" klublari o'zaro kuch sinashadi. “Real Sosedad”ga qarshi so'nggi o'yinda (0:0) Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Michel hakamning qaroridan noroziligi uchun qizil kartochka oldi. Endilikda "Jirona" boshqaruvchisi ikki o'yinga diskvalifikaciya qilindi, deya xabar beradi Spanish Sport.
Shu tariqa, Michel Ispaniya chempionati doirasidagi "Real" (10 fevral) va "Atletik" (19 fevral)ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Qo'shimcha qilib o'tamiz, ayni damda “Jirona”da 56, “Real”da esa 58 ochko bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!