"Milan" "Chelsi"ning 3 nafar futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Italiyaning “Milan” klubi birdaniga Londonning “Chelsi” klubining uchta futbolchisiga ko'z tikdi. Bu haqda Britaniyaning Daily Express tabloidi xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, yozda "Milan" "Chelsi"dan himoyachilar Benua Badiashile va Trevo Chaloba hamda yarim himoyachi Samuel Chukvuezeni sotib olishga harakat qiladi. Nufuzli Transfermarkt onlayn portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchilarning narxi mos ravishda 35, 18 va 15 million evroni tashkil qiladi.
Angliya Premer-ligasining 23-turidan so'ng Londonning “Chelsi” klubi turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. Maurisio Pochettino shogirdlarida ayni damda 31 ochko bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!