"Manchester Yunayted" Runini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
"Manchester Yunayted" "Kopengagen" yarim himoyachisi Runi Bardajini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Sun Sport xabariga ko'ra, "mankunianliklar" 18 yoshli shved futbolchisini kelasi yozda sotib olishga harakat qilishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, Runi joriy mavsumda EChL guruh bosqichida “Manchester Yunayted” bilan to'qnash kelgan.
Yarim himoyachi "mankunianliklar" darvozasiga gol urdi va “Kopengagen”ga inglizlarni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishiga yordam berdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Runiga Londonning "Chelsi", Turinning "Yuventus" va Kataloniyaning "Barselona" klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Bardaji Daniya chempionatida 7 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!