"Chelsi"ning ko'plab futbolchilari Pochettinoga ishonishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino so'nggi o'yinlardagi halokatli natijalarga qaramay, ko'plab futbolchilarning ishonchini oqlamoqda.
Jurnalist Nizar Kinsellaning so'zlariga ko'ra, “ko'klar”ning ko'plab o'yinchilari hali ham argentinalikning murabbiylik mahoratiga ishonishadi, biroq Angliya Premer-ligasidagi ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng klubdagi muhit sezilarli darajada yomonlashgan.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" bir hafta ichida "Liverpul" va "Vulverxempton"ga mag'lub bo'lib, ushbu uchrashuvlarda 4 tadan gol o'tkazib yubordi. Shu sababdan jamoa chempionat jadvalida o'n birinchi o'ringa tushib ketdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!