“Shtutgart” hujumchisi tez orada terma jamoaga chaqiriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
“Shtutgart” hujumchisi Deniz Undav tez orada Germaniya terma jamoasiga faoliyatidagi ilk chaqiruvini olishi kerak.
Bundestim bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann hujumchini mart oyida bo'lib o'tadigan Frantsiya va Niderlandiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun tarkibga qo'shishiga allaqachon ishontirgan.
Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar berdi. Eslatib o'tamiz, Undav "Shtutgart" safida Angliyaning "Brayton" klubidan bir yillik ijara asosida o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!