La liga. «Atletiko» qo'shib berilgan daqiqalarda g'alabani ilib ketdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Ispaniya chempionatining 20-turi doirasida qoldirilgan o'yinlardan biri kecha oqshom bo'lib o'tdi. «Atletiko» o'z maydonida «Rayo Valekano»ni qabul qilib, qiyin g'alabaga erishdi.
Uchrashuvda hisobni mezbonlar ochishdi: 35-daqiqada Reynildu mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi. Oradan ko'p o'tmasdan "Rayo" Garsiyaning goli evaziga hisobni tenglashtirgan holda tanaffusga yo'l oldi.
Ikkinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda Memfis Depay "Atletiko"ga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Simeone jamoasi ushbu g'alabadan keyin o'z ochkolarini 47 taga etkazib oldi.
Ispaniya La ligasi, 20-tur
Atletiko – Rayo Valekano 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 35 Reynildu, 1:1 – 42 Garsiya, 2:1 – 90 Depay.
Atletiko – Oblak, Ermoso, Reynildu, Vittsel, Lorente (De Pol, 58), Rikelme (Lino, 58), Saul (Koke, 69), Barrios, Vermeren (Molina, 46), Korrea (Grizmann, 58), Depay.
Rayo Valekano – Dimitrievski, Ratsiu (Baliu, 64), Lejen, Aridane, Espino, Chavarriya, Garsiya (Trexo, 76), Palason (De Frutos, 76), Kike Peres (Kreshpu, 64), Oskar Valentin, Kamelo (Falkao, 83).
Ogohlantirishlar: Kike Peres (38), Palason (60), Simeone (90), Chavarriya (90).