"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi bu ro'yxatda yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Tyago Motta hozirda jamoa bosh murabbiyligiga nomzodlar qatorida emas.
Jurnalist Fabritsio Romano bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Bolonya" murabbiyi hozircha "ko'k-anorranglilar"ning ro'yxatida yo'q.
Eslatib o'tamiz, “Barselona”ning amaldagi bosh murabbiyi Xavi Ernandes mavsum yakunida jamoani tark etishini ma'lum qilgandi.
Klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni almashtirish imkoniyatlarini faol o'rganmoqda. Nomzodlar orasida avvalroq uch nafar germaniyalik murabbiy – Yurgen Klopp, Yulian Nagelsmann va Tomas Tuxel ham bor edi. Michel va Mikel Arteta ham o'rganilmoqda.
Motta boshchiligidagi «Bolonya» hozirda A Seriya turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!