Lorente: "Feliks ajoyib futbolchiligini doimo maydonda isbotlashi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Atletiko Madrid" yarim himoyachisi Markos Lorente hujumchi Joau Feliksning "Barselona"dagi o'yinlari haqida gapirdi.
"Joau "Barsa"da o'ynay oladimi? Bu savol eng yaxshi murabbiy yoki uning hozirgi jamoadoshlariga beriladi.
Feliks ajoyib futbolchi, lekin u buni doimo maydonda isbotlashi kerak. Bu haqda shunchaki gapirishdan ma'no yo'q", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi AS.
Feliks "Barselona"da "Atletiko Madrid"dan ijara asosida o'ynaydi. Joriy mavsumda hujumchi Ispaniya chempionatining 18 ta uchrashuvida qatnashib, 4 ta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!