"Bavariya" Niderlandiyadan hujumchi xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
Amsterdamning “Ayaks” klubi hujumchisi Stiven Bergveyn Germaniya chempionatida o'ynash imkoniyatiga ega.
ESPN jurnalistlarining xabar berishicha, futbolchining transferiga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda.
Nemis grandi Bergvayn bilan hujum chizig'ini kuchaytirishni istaydi, ammo Niderlandiya tomoni futbolchini yanvardagi transfer oynasi yopilishi arafasida qo'yib yuborishni istamayapti.
Joriy mavsumda Stiven "Ayaks" safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda ishtirok etdi. Hujumchining hisobida sakkizta gol va beshta golli uzatma bor. Transfermarkt portali uning narxini 20 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!