Tuxel kelasi yil qaerda ishlashini aniqlab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 73
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel kelajagi borasida bir qarorga keldi. Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, mutaxassis "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasini oxirigacha ishlamoqchi. Xabaringiz bor, mehnat shartnomasi Tuxelni myunxenliklar bilan 2025 yilning o'rtalariga qadar bog'laydi.
Qayd etilishicha, Tuxel "Bavariya"ning kelasi mavsum uchun tarkibini hozirdanoq rejalashtirmoqda.
Uzoq muddatli rejalarga kelsak, “Bavariya”dan keyin Tuxel Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Ayni damda “Bavariya” Germaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!