«Real» Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun 60 million evro berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144
"Real Madrid" yarim himoya chizig'iga kreativ o'yinchi qidirmoqda. Todofichajes xabariga ko'ra, madridliklar yozda "Nyukasl"dan Bruno Gimaraesni sotib olishlari mumkin.
Manbaga ko'ra, Gimaraesning "Real"ga o'tish narxi 60 million evroni tashkil qilishi mumkin. 26 yoshli braziliyalik futbolchi bir necha sabablarga ko'ra Madrid klubida yuqori baholanadi. Birinchidan, Gimaraes Luka Modrich yoki Toni Kroos o'rnini egallashi mumkin. Ikkinchidan, Bruno turli yarim himoya pozitsiyalarida o'ynashga qodir. Uchinchidan, u golli vaziyatlar yaratishni biladi.
Avvalroq, mish-mishlar Bruno Gimaraesni boshqa top-klub – Franuiyaning "PSJ"si bilan faol bog'lagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!