Xabi Alonsoda Liverpulga etib olish uchun pul yo'qmi?!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
Tailandda o'zini Leverkuzenning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso deb tanishtirgan firibgarlar bor, deb yozadi Yahoo.
Tailandlik ko'plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar Alonsodan xabarlar ola boshladilar: u erda Xabi kelasi mavsumda "Liverpul"ni boshqarishini aytadi, ammo Angliyaga etib olish uchun chiptaga pul yo'q.
Shu munosabat bilan “Alonso” “Liverpul”ga etib olishi uchun tailand tilida uning hisobiga 300 baht (taxminan 105 ming so'm) o'tkazishni so'ramoqda.
Shu munosabat bilan Tailand politsiyasi fuqarolarni firibgarlarga ishonmaslikka chaqirdi:
“Liverpul” muxlislari, tinchlaning. Xabi “Liverpul”ni qabul qilib olgani yo'q, ammo firibgarlar allaqachon bu borada yolg'on ishlatmoqda”, — deyiladi xabarda.