De Zerbi shogirdining sog'ligini xavf ostiga qo'ymoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Seshanba kuni "Brayton" Angliya Premer-ligasi doirasida "Luton Taun"ga qarshi safarda o'ynaydi.
“Dengiz otlari” murabbiyi Roberto de Zerbi Ansu Fati haqida uning futbol maydoniga chiqa oladimi, degan savolga javob berdi.
"Yo'q. Bu xavf. U mavsumning ikkinchi qismida muhim rol o'ynaydi va biz uning sog'ligini xavf ostiga qo'ya olmaymiz", - dedi De Zerbi matbuot anjumanida jurnalistlarga.
Eslatib o'tamiz, Ansu Fati "Brayton"da ijara asosida o'ynaydi. 21 yoshli futbolchi klub uchun 14 ta rasmiy o'yinda 4 ta gol urdi va jamoadoshiga bitta golli uzatma yozdirib qo'ydi.
Fatining huquqi "Barselona"ga tegishli. Eslatib o'tamiz, “Brayton” hozirda Premer-liga turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!