"Atletiko"ga qarshi o'yinga ketishda "Sevilya"ning uch nafar muxlisi halok bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Sevilya" motamda. Klub o'zining rasmiy saytida qayg'uli xabarni e'lon qildi – "Atletiko"ga qarshi kubok o'yini uchun ketayotgan uch muxlis yo'l-transport hodisasi oqibatida halok bo'ldi.
"Sevilya" hamdardlik bildirdi va halok bo'lganlarning oilalarini qo'llab-quvvatladi. "Sevilya" futbolchilari "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yinda qora motam bog'ichlaridan foydalanishadi. Klub futbol federatsiyasidan uchrashuvni bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlashni so'radi. "Atletiko" va "Sevilya" o'rtasidagi Ispaniya kubogining 1/4 finali Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!