Gvardiola: "Tottenxem" ayni paytda bizdan yaxshiroq"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi kubok o'yini oldidan fikr bildirdi.
"Bu o'yin biz uchun finalga o'xshaydi. "Tottenxem"ga qarshi o'ynash har doim qiyin. Odatda ularga qarshi yaxshi o'ynaymiz, lekin gol ura olmaymiz. Hozircha ular bizdan yaxshiroq", - dedi Gvardiola.
Angliya kubogi 1/16 finali doirasidagi "Tottenxem" va "Manchester Siti" o'yini ertaga, 26 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 01:00ga belgilangan.
Aytish joizki, jamoalar o'rtasidagi so'nggi to'qnashuv 3:3 hisobida yakunlangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!