Gvardiola UEFA prezidentiga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Pep Gvardiola UEFA prezidenti Aleksander Cheferinga javob qaytardi.
Avvalroq, Cheferin "Manchester Siti" moliyaviy feyr-pley qoidalari buzganlikda aybdor ekanligiga ishonch bildirgan edi. UEFA rahbari "Manchester Siti"ning 2020 yilgi Chempionlar ligasidan chetlatilgani va bu qarorning CAS tomonidan bekor qilinishi haqida gapirar ekan, "Biz haq bo'lganimizni bilamiz. Ammo biz jiddiy demokratiyada sud qarorini hurmat qilishimiz kerak".
"U advokat sifatida va UEFA prezidenti sifatida kutishi va keyin xohlaganini qilishi kerak. U buni hurmat qilishi va kutishi kerak. Uning UEFAda qiladigan ishlari ko'p. Advokat protsedurani hurmat qilishi va o'zimizni himoya qilishga haqqimiz borligini tushunishi kerak", — dedi "Manchester Siti" ustozi.
2020 yilning fevralida UEFA "Manchester Siti"ni ikki yilga evrokuboklardan chetlashtirgan va moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun klubga 30 million evro miqdorida jarima solgandi. Sport arbitraj sudi (CAS) klubning apellyatsiyasini qanoatlantirdi va u Chempionlar ligasida o'ynashda davom etdi.
Premer-liga hozirda "Manchester Siti"dagi ehtimoliy moliyaviy qoidabuzarliklarni tekshirmoqda.