"PSJ"ning yangi futbolchisi: "Jamoa tarkibiga qo'shilishni intizorlik bilan kutyapman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
Payshanba kuni "PSJ" Gabriel Moskardo bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Yosh yarim himoyachi ushbu mavsumdan keyin jamoaga qo'shiladi, hozircha u "Korintians"da ijara asosida o'ynaydi. Moskardo bu haqda Liga 1 giganti bilan shartnoma tuzganidan so'ng aytdi.
"PSJ" futbolchisiga aylanganimdan juda xursandman, bu hayotimdagi eng baxtli kunlardan biri. Bu iqtidorli yosh futbolchilar ishtirokidagi loyiha. Men jamoaga qo'shilishni, futbolchilar va xodimlar bilan tanishishni sabrsizlik bilan kutyapman. Umid qilamanki, "qizil va ko'k" ranglar ostida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritib, muxlislarni xursand qilaman", - dedi Moskardo "PSJ" saytiga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!