"Nyukasl" futbolchisi "Bavariya"ga o'tish uchun rozilik berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Nyukasl" himoyachisi Kiran Tripper faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, "Bavariya" 33 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Biroq Tripper klub uchun ustuvor variant emasligi aytilmoqda. Manbaga ko'ra, myunxenliklar agar "PSJ"dan Nordi Mukieleni ijaraga ololmasa, angliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi.
2023/24 yilgi mavsumda Tripper barcha turnirlarni hisobga olgan holda 28 uchrashuvda maydonga tushdi va sakkizta golli uzatmani qayd etdi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 11 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!