"Milan" 3 ta futbolchining transferini ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Milan" transfer bozorida yangi markaziy himoyachi izlashda davom etmoqda.
“Rossonerlar” bir qator jarohatlar tufayli himoya markazida kadrlar masalasida qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.
Klub "Torino"dan Alessandro Buondjornoni sotib olishga urinishida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va endi Angliya Premer-ligasidan uchta nomzodga murojaat qiladi.
Gap Kleman Lengle («Aston Villa», «Barselona»dan ijaraga olingan), Yakub Kivior («Arsenal») va Trevo Chaloba («Chelsi») haqida ketmoqda, deb xabar beradi Football Italia.
Qayd etilishicha, Lengle A Seriya gigantining birinchi tanlovi bo'lib qolmoqda, ammo "Aston Villa" frantsiyalik futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas.
Manba: pfl.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!