Girassining kelajagi nima bo'ladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Bundesliganing eng yaxshi to'purarlaridan biri Seru Girassi kelajagi haqida bir qarorga keldi. Sky Germany xabariga ko'ra, 27 yoshli gvineyalik futbolchi ushbu mavsum oxirigacha "Shtutgart"da qolishi kutilmoqda.
Hozircha qiziquvchi klublarning hech biri Girassining transferi bo'yicha aniq harakatlarni amalga oshirmagan. Avvalroq hujumchiga "Manchester Yunayted", "Nyukasl" va Italiyaning "Milan" klublari qiziqish bildirayotgan edi.
Girassining shartnomasida tovon puli 20 million evroga teng, ammo hozircha hech bir klub bu summani to'lash niyatida ekanligini bildirmagan. Bundesliganing ushbu mavsumida hujumchi 14 uchrashuvda 17 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!