Taremi: «Bu haqida hozir gapirishning vaqti emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
"Portu" hujumchisi Mehdi Taremi "Inter"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Oldinroq, eronlik futbolchi "Juzeppe Meatstsa"ga erkin agent sifatida transfer shartlari bo'yicha kelishib olgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. O'tish yozda amalga oshirilishi mumkin.
"Inter"ga o'tish? Hozir bu haqda gapirishning vaqti emas. Hozir bor e'tiborimni faqat Eron terma jamoasi va Osiyo Kubogiga qaratganman", - deya Taremi so'zlarini keltirmoqda Inter Xtra.
Mavsum boshlanishidan oldin Taremi "Milan"ga o'tishi mumkin edi, ammo transfer oxir-oqibat amalga oshmadi. Joriy Portugaliya chempionatida 31 yoshli Mehdi uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!