«Real Sosedad» Bundesligadan hujumchi oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
"Real Sosedad" o'z safiga avval "Union Berlin"da to'p tepgan hujumchi Sheraldo Bekerni qo'shib oldi. Bu haqda Ispaniya La Ligasi klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Beker "Union" safida Evropaning asosiy klub turniri guruh bosqichida o'ynaganiga qaramay, Chempionlar ligasida "Real Sosedad"ga yordam bera oladi. 28 yoshli futbolchi yangi jamoasida 11-raqamni oldi.
Joriy mavsumda Beker “Union” safida 18 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Surinam terma jamoasi futbolchisini 12 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!