Allegri sobiq shogirdini yana jamoada ko'rishni xohlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Federiko Bernardeskini yana o'z jamoasida ko'rishdan xursand bo'lardi.
"Toronto"da to'p tepayotgan 29 yoshli vinger mavsum oxirigacha ijara asosida Turin klubiga qaytishga tayyor.
Tuttosport xabariga ko'ra, Allegri Bernardeskiga ruxsat bergan, ammo sport direktori Juntoli boshqa nomzodlarni afzal ko'rayotgani uchun shartnoma bo'lishi dargumon.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Juntoli "Yuventus" qishki transfer oynasida hech qanday shartnoma imzolamasligini e'lon qilgan edi.
Federiko Bernardeski 2017 yildan 2022 yilgacha "byankonerilar" safida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!